FARZANDLAR TAQDIRI UCHUN BARCHAMIZ MAS’ULMIZ

 

Bugun Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 108,109-guruh talabalari va ularning ota-onalari uchun  2023-2024 o’quv yili yakuni bo’yicha umumiy yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishni fakultet dekani K.N.Karimov ochib berib, ota-onalarga farzandlarining o’quv jarayonlariga doimiy ishtirokini ta’minlash, yozgi ta’til davrida bo’sh vaqtlarini maqsadli faoliyatga yo’naltirish xususida e’tiborli bo’lishlarini ta’kidladi.

Guruh tyutori M.Baltabayeva o’quv yilida talabalar bilan birgalikda o’quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda erishilgan yutuqlar haqidagi ma’lumotni «Yil sarhisobi» nomli videotaqdimot orqali yetkazib berdi.

Yig’ilish davomida 5 muhim tashabbus doirasida yutuqlarga erishgan hamda a’lo o’qishi va namunali xulqi bilan ajralib turgan, tanlov va musobaqalarda faollik ko’rsatgan talabalarga faxriy yorliq va ota-onalarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Ota-onalar farzandlarining ta’lim olishlari uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar uchun institut rahbariyatiga tashakkurlarini izhor etib, ularning ilm egallashlariga hamisha e’tibor bilan yondoshishga va’da berdilar.

Yig’ilish yakunida institut profilaktika inspektori M.Najmiddinova va amaliyotchi-psixolog M.Yusupovalar yozgi ta’til davomida talabalarning xavfsizligiga mas’uliyat bilan qarashlarini ta’kidlab o’tdilar.

Yig’ilish ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi va ota-onalar farzandlari bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushdilar.

Leave a Reply

Skip to content