ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI TARIXI MUZEYI TASHKIL ETILADI

 

 

 

 Andijon davlat chet tillari instituti uzoq yillik tarixga ega va bu dargohda millionlab talabalar talabalar ilm olgan.

Institut rektori D.A.Rustamov tashabbusi bilan institut tarixi, bosib o’tgan yo’lini hozirgi avlodga ko’rsatish, ularda faxr va iftixor tuyg’usini shakllantirish maqsadida «Andijon davlat chet tillari instituti tarixi muzeyi»ni tashkil qilish ishlari boshlab yuborildi.

Ayni shu maqsadda bugun – 08.05.2024-yil kuni institutning tajribali professor-o’qituvchilari ishtirokida maxsus yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilish davomida rektor Dilshodbek Abduvahidovich hamda professor M.Umarxo’jayev tomonidan muzeyni tashkil qilishdan ko’zlangan asosiy maqsadlar haqida aytib o’tildi.

Shundan so’ng muzeyni qanday va nimalar bilan boyitish masalalari muhokama qilinib, ishtirokchilar o’z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib o’tdilar..

Leave a Reply

Skip to content