
Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.
9-may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” sifatida katta tantanalar bilan nishonlanib, 1941-1945-yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.
Andijon viloyati hokimligi tomonidan Andijon shahridagi Xotira maydonida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.
Ushbu tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov, sektor rahbarlari, nuroniylar, Urush qatnashchilari va ularning oila a’zolari, keng jamoatchilik, jumladan, Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida institutning mehnat jamoasi ham ishtirok etdilar.