Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyiga “Bisyor biznes 77” xususiy korxonasi bilan hamkorlikda 400 kishiga moʻljallangan 5 qavatli bino qurilish ishlari boshlanish arafasida.
Bugun – 09.04.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov va qurilish firmasi rahbarlari uchrashib, qurilish boʻlishi lozim boʻlgan joyni koʻzdan kechirdilar. Ish boshlanishidan avval esa moʻysafid otaxonlar tomonidan duolar qilindi.
Ushbu yangi bino joriy yilning sentabr oyiga qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.