
Dunyoni ilm bilan zabt etish bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa kitob oʻqishdir.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev mutolaa haqida quyidagi fikrlarni bayon etgan:
“Barchamiz uchun muhim boʻlgan masala-kitobxonlikni keng yoyish,yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”
Andijon davlat chet tillari institutida Besh muhim tashabbus doirasida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shaklantirishga qaratilgan “Yosh kitobxon talabalar ligase” ning institut bosqichi oʻtkazildi.
Bunda 6 nafar talabalardan iborat guruhlar Nizomda belgilangan 2 ta shart asosida bellashdilar.
Natijalar tahliliga koʻra, Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti jamoasi 22 ball toʻplab, faxrli 1-oʻrinni, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasi 21 ball bilan 2-oʻrinni, Roman-german va slavyan tillari fakulteti jamoasi 20 ball toʻplab, 3-oʻrinni olishga muvaffaq boʻldilar.
Har bir oʻrin olgan jamoa a’zolariga ma’muriyat tomonidan faxriy yorliq va bazaviy stipendiyaning 1,2,3 baravari miqdorida ragʻbatlantiruvchi pul mukofotlarini bildiruvchi vaucherlar berildi (pullar hujjat ishlari yakunlanganidan soʻng jamoa a’zolari plastik kartalariga tushirib beriladi).
Bu kabi moddiy va ma’naviy rag’bat talabalarda keyingi tanlovlarda yanada faol ishtirok etish hissini kuchaytiradi.