ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA II YOSHLAR AKADEMIYASI FORUMI O’TKAZILADI

Yoshlar akademiyasi forumi tashkil qilingan, unda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari OTMlarida tahsil oluvchi bakalavr hamda magistr talabalar ishtirok etgan edilar.

Ushbu forum ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgani bilan OAV va vazirlik e’tiborini tortgan edi. Bu esa tashkilotchilarni II Yoshlar akademiyasi forumini ham tashkil qilishga ilhomlantirdi.

Diqqat qiling!

Andijon davlat chet tillari institutida «Yangi O‘zbekiston uchun: Tilda, fikrda, ishda birlik» shiori ostida «Ta’limda yangi texnologiyalar, madaniyatlararo muloqot va chet tillarini rivojlantirish: istiqbollar va yangi yondashuvlar» mavzusida Farg‘ona vodiysida joylashgan OTMlari bakalavr va magistr talabalari uchun ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tadi.

Ushbu ilmiy-amaliy anjuman joriy yilning 30-aprel kuni II Yoshlar akademiyasi forumi doirasida o’tkaziladi.

Siz ushbu forumda ishtirok etishni istasangiz, institutning Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedogagik kadrlar tayyorlash boʻlimiga murojaat qilishingiz lozim bo’ladi.

Leave a Reply

Skip to content