Jahon xalqlari koʻzini quvontiruvchi milliy matolarimiz, ulardan tikilgan milliy liboslar ham azaliy qadriyatlarimizdan biri sifatida e’tirof etiladi. Ommaviy madaniyat xuruji tobora xavf solayotgan bugungi globallashuv davrida yoshlarimizni aynan milliy liboslar orqali an’analarga sodiq etib tarbiyalashdagi ahamiyati nihoyatda cheksizdir.
Ayni shu maqsadda Andijon davlat chet tillari institutida 25-30-mart kunlari “Milliy liboslar haftaligi” e’lon qilindi va ushbu haftalik doirasida qator tadbirlar, davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Jumladan, bugun – 27.03.2024-yil kuni Roman-german va slavyan tillari fakultetida “Milliy liboslar namoyishi” boʻlib oʻtdi.
Ushbu namoyishda fakultet talabasi Umariyo Gʻaniyevaning yaratgan milliy liboslari talaba-qizlar tomonidan koʻrsatib berildi.