RADIKALLASHUVNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN DAVRA SUHBATI TASHKIL QILINDI

Bugungi kunda dunyoning koʻplab davlatlarida turli urushlar, ziddiyatlar, toʻqnashuvlar yuz berayotganidan xabaringiz bor. Ushbu jarayonda aholi, xususan, yoshlarning turli buzgʻunchi gʻoyalar ta’siridan saqlash maqsadida koʻplab tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun – 27.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar oʻrtasida radikallashuvning har qanday koʻrinishini oldini olish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni toʻliq sog’lomlashtirishga qaratilgan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.R.Axmedov, Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Terrorizmga qarshi kurashish boʻlimi xodimi R.A.Oʻlmasov, Diniy ishlar boʻyicha qoʻmita mutaxassisi A.Muzrabxonov, institut profilaktika inspektorlari B.Xodjayev, M.Najmiddinova hamda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Dastlab B.Axmedov davra suhbatini ochib berdi. Shundan soʻng mutaxassislar mavzu yuzasidan taqdimotlar asosida nutq soʻzladilar.

Bugungi kunda notinchlik hukm surayotgan davlatlar va u yerda sarson boʻlayotgan millatdoshlarimiz haqidagi fikrlar barchani sergaklikka, ogohlikka chorladi..

 

Leave a Reply

Skip to content