Text box item sample content
Keyingi yillarda Yangi Oʻzbekistonda sport siyosat darajasiga chiqdi. Oʻtgan so’nggi 7-8 yilni oladigan bo’lsak jismoniy tarbiya va sportga doir Prezidentimizning oʻndan ortiq farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 100 ga yaqin meʼyoriy-huquqiy hujjatlari qabul qilindi. Ular asosida Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasi tubdan yangilandi.
Bugun – 28.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.R.Axmedov huzurida institut “Sport klubi” faoliyatiga bagʻishlangan tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazildi.
Dastlab yigʻilishda prorektor soʻz olib institut Sport klubi a’zolarining faoliyatiga alohida toʻxtalib, yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida topshiriqlar berib oʻtdi. Yakunda esa talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish uchun toʻgaraklarga jalb qilish, turli musobaqalarni koʻpaytirish boʻyicha xulosalar qilindi.