FAKULTET RAHBARIYATI TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI TALABALAR HOLIDAN XABAR OLDI

Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar barcha tartib-intizomlarga rioya qilishi va tozalikka e’tibor berishi sogʻlom hayotning garovidir. Ularning ushbu joyda tinch va xotirjam yashashlari uchun barcha rahbarlar birdek mas’ul.

Shu munosabat bilan Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov boshchiligida mas’ullar Talabalar turar joyida boʻlib, u yerdagi ayni vaqtdagi vaziyatni oʻrgandilar. Talabalar bilan davra suhbatlari oʻtkazib, ulardan oʻquv yilining 2-yarmida oʻz oldiga qanday maqsadlarni qoʻyganliklari, darslardan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha qanday takliflari borligi soʻraldi.

Fakultet dekani K.Karimov bilan boʻlib oʻtgan samimiy suhbat davomida talabalar yuqoridagi mavzularda oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar.

Leave a Reply

Skip to content