Bugun – 08.02.2024-yil kuni “Sogʻlom turmush madaniyati” oyligi munosabati bilan Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti talabalari va tibbiyot xodimlari oʻrtasida uchrashuv tashkil qilindi. Dastlab uchrashuvni Ma’naviyat va maʻrifat boʻlimi uslubchisi M.Saliyeva hamda fakultet dekani o’rinbosari X.Matqulov ochib berdi. Soʻng tibbiyot xodimlari Sh.Ishanova hamda M.Xonboʻtayeva talabalar bilan sogʻlom turmush tarzi haqida suhbat olib bordilar.
Ushbu uchrashuvni oʻtkazishdan maqsad talaba-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush madaniyatini shakllantirish va ularni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalashdan iboratdir.