ANDIJONDA ALISHER NAVOIYNING 583 YILLIGI KENG NISHONLANDI

Andijon viloyati hokimligi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligini keng nishonlash maqsadida Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog’ida katta tadbir tashkil qilindi.

Hazrat Navoiy poyiga gullar qo’yish bilan boshlangan tadbirni Viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov ochib berdi hamda buyuk shoir va davlat arbobining yurt ravnaqiga qoʻshgan hissasi haqida soʻz yuritdi. Shundan soʻng bir qator olim va shoirlar ham soʻz olib, shoir ijodi hamda faoliyatini keng yoritib berdilar. Tadbir gʻazalxonlik va sahna koʻrinishlari bilan davom etdi.

Ushbu tadbirda Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida mehnat jamoasi va faol talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Leave a Reply

Skip to content