
Mamlakatimizda yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida xalq bilan hamnafas bo‘lish, ularning ichiga kirib muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish tizimi asosida ish tashkil qilinmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekani M.Pazilov Talabalar turar joyida bo‘lib, bir guruh 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi va davra suhbati o‘tkazdi.
Dekan o‘rinbosari A.Yunusov hamrohligida o‘tkazilgan bu davra suhbati «Ilm – har muammoning kaliti» mavzusi ostida bo‘lib o‘tib, unda ilm olishning foydali jihatlari, bu yo‘lsa tortilgan mashaqqatlar kun kelib shirin mevasini berishi haqida mulohazalar bildirib o‘tildi.