Institutimizda ikki nafar chet ellik mutaxassislar o’z mutaxassislik fanlari bo’yicha faoliyat olib borayotgan edi. Endilikda ularning safi yana bir nafarga ko’paydi.
Bugun institutimizga fransiyalik mutaxassis Estera Emanuela Stanchu o’z ish faoliyatini olib borish maqsadida tashrif buyurdi. Dastlab fakultet dekanlari bilan suhbat o’tkazdi. So’ngra tashrif buyurgan mehmonni O’quv ishlari bo’yicha prorektor E.Kurbanov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Sh.Ermatov va Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudirasi M.Ishanjanova hamda kafedradagi professor-o’qituvchilar kutib oldilar. Ushbu jarayonda talaba-yoshlar ham ishtirok etdilar.
Shundan so’ng Estera Emanuela Roman-german va slavyan tillari fakultetiga taklif qilinib, u yerda fakultet dekani M.Pazilov qabulida bo’ldi. Keyin esa Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasida bo’lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda yangi hamkasblari bilan suhbat olib bordi.
Estera Emauela Stanchuga institut ma’muriyati va o’z jamoamiz nomidan ish faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.