
Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasida navbatdan tashqari yig’ilish o’tkazildi.
Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetiga qarashli Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasida navbatdan tashqari yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilish davomida 2024-yilga rejalashtirilgan ilmiy ishlar muhokama qilindi. Har bir professor -o’qituvchining ilmiy maqolalari tahlil qilindi va ushbu yil uchun rejalashtirilgan ilmiy maqolalar, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, monografiyalar tayyorlash rejalariga aniqlik kiritildi.
Har bir professor-o’qituvchiga 2024-yil uchun alohida-alohida topshiriqlar va rejalar qo’yildi.