
Text box item sample content
1991-yil 14-sentabrda – faollar guruhi o‘tish davrida manzilli ijtimoiy yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlari va guruhlari manfaatlarini ifoda etuvchi va ilgari suruvchi partiyani tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.
1991-yil 1-noyabrda – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining I Ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy partiya Ustavi va Dasturini qabul qildi, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi. Yangi tashkil topgan partiya Markaziy Kengashining birinchi kotibi etib Mahmudjon Mo‘minovich Rasulov saylandi.
Bugun – 18.01.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga Xalq Demokratik Partiyasi Andijon viloyati Kengashi mas’ul xodimi tashrif buyurdi. Dastlab mas’ul xodim ushbu partiya haqida talabalarga batafsil m’lumot berib o‘tdi. Keyin esa institut axborot xizmati rahbari A.Yunusov boshchiligida partiyaga a’zolik haqida guvohnomani topshirdilar.
Text box item sample content