YAKUNIY NAZORAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Bugun – 18.01.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti fakultetlarida yakuniy nazoratlar davom ettirildi.

Yakuniy nazorat jarayonlari institutning O‘quv-uslubiy bo‘limi mutaxassislari hamda fakultetlar dekanatlari xodimlari tomonidan nazorat qilinmoqda.

Biroq yakuniy nazoratlar jarayonida telefondan va daftardan foydalanayotgan talabalar aniqlanmoqda va ular shu zahoti jarayonlaridan chetlatilmoqda. 

Hurmatli talabalar, imtihonda  telefon, gadjeyt va boshqa turli xil vositalardan foydalanmang. Imtihonning shaffof o’tishi o‘zingizga bog‘liq.

Leave a Reply

Skip to content