Bugun – 13.01.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan Andijon viloyatidagi 14014-harbiy qismda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi I.Abdulxamidov, Roman-german va slavyan tillari fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Yunusov hamda fakultet tyutori O.Azimovalar tashabbusi bilan tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda Roman-german va slavyan tillari fakulteti «Yog’du» teatr jamoasi o’z chiqishlarini namoyish etib, harbiylarni bayram bilan qutladilar.
Tadbir yakunida esa o’zaro hamkorlik ishlarida faollik ko’rsatgani uchun A.Yunusov hamda I.Abdulxamidovlar harbiy qism rahbariyati tomonidan «Tashakkurnoma» bilan taqdirlandilar.