Andijon davlat chet tillari instituti Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan institut rahbariyati va xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida jamoa ishtirok etdilar va institut ayol xodimlari hamda talaba-qizlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarni maroq bilan tomosha qildilar.