Biz bilamizki, azal-azaldan harbiylik kasbi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli kasb sifatida sanalib kelingan. Mashaqqati shundaki, vatanimizning tinchligi va osoyishtaligi uchun barcha masʼuliyat harbiylarimiz zimmasiga tushadi. Ular kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay, qahraton sovuqqa ham, jazirama issiqqa ham bardosh berib vatanimiz tinchligini, uning sarhadlarini qoʻriqlab kelishmoqdalar.
Bugun – 13.01.2024-yil kuni Andijon viloyati Xotira maydonida Andijon viloyati hokimligi tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Andijon viloyati hokimi, hokimyatdagi barcha rasmiy shaxslar va barcha tashkilot-muassasalardan tashrif buyurgan faollar ishtirok etdilar.
Shuningdek, Andijon davlat chet tillari institutidan vakillar: Yoshlar masalalari, ma-‘naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor B.Axmedov boshchiligida fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar va tyutorlarga biriktirilgan talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda barcha Ichki ishlar xodimlari «Motamsaro ona» haykali poyiga gullar qo’ydilar.