TALABA-QIZLARIMIZ ZULFIYA NOMLI DAVLAT MUKOFOTI TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO’LLANMANI QO’LGA KIRITDILAR

Hukumatimiz tomonidan iqtidorli qizlarning iste’dodlarini yuzaga chiqarish, aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, sport sohalari va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan.

Har yilgi an’anaga ko’ra mazkur tanlovning Andijon viloyat saralash bosqichi o’tkazildi. 

Belgilangan tartibga koʻra, yakunda tanlov komissiyasi aʼzolarining xulosasi bilan Respublika komissiyasiga eng munosib nomzodlar tavsiya etildi.

Quvonarlisi, Andijon davlat chet tillarI institutining iqtidorli talabalari: 1-bisqich magistranti Gulchiroy Odilova va Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 303-guruh talabasi Mahliyo Karimovalar o’z yo’nalishlari bo’yicha viloyatdagi barcha raqibalarini ortda qoldirib, respublika bosqichiga yo’llanma oldilar.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Andijon davlat chet tillari instituti ma’muriyati talaba-qizlarimiz, ularning yaqinlari, ustozlarini muborakbod etgan holda, respublika bosqichida ham omad yor bo’lishini tilab qoladi.

Leave a Reply

Skip to content