
Andijon davlat chet tillari institutida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishitirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlashtirish, adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish, ajdodlar me’rosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish maqsadida “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda 3 ta fakultet jamoalari 3 ta shart bo’yicha bellashdilar:
1-shart: Adib hayoti;
2-shart: Tezkor savol-javob;
3-shart: Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari.
Tanlovda barcha fakultetlar talaba-yoshlari shoir hamda adiblar hayoti va ijodi bo’yicha bilimarini ko’satib, ulaning umr yo’llaridan lavhalarni sahnada aks ettirib berdilar. Hakamlar hay’atining yakuniy qarorlariga ko’ra esa g’olib hamda sovrindorlar quyidagi ko’rinishni oldi:
1-o’rin: Roman-german va slavyan tillari fakulteti «Yog’du» jamoasi;
2-o’rin: Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti «Humo» jamoasi;
3-o’rin: Ingliz tili va adabiyoti fakulteti «Iste’dodli yoshlar» jamoasi.
G’olib hamda sovrindorlarga maxsus diplom va pul mukofotlari taqdim etildi.
Bugungi bellashuvda ishtirok etgan talaba-yoshlar, ularni tayyorlagan ustozlariga institut ma’muriyati minnatdorchilik bildiradi.