Azal-azaldan o’zbek millatida qishki zahira uchun sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlarini jamg’arish an’anaga aylanib qolgan.
Andijon davlat chet tillari institutida ham har yili qish fasli kirib kelishi bilan rahbar va ishchi xodimlar, professor-o’qituvchilar uchun poliz hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilishi odat tusiga kirgan.
Bugun – 15.12.2023-yil kuni institut rektori D.Rustamov boshchiligida prorektorlar, faxriy professor-o’qituvchilar mehnat jamoasiga oziq-ovqat zahirasini ulashish uchun jamlandilar. Yoshi ulug’ ustozlar ushbu xayrli ish oldidan yaxshi fikrlar boldirib, duolar qildilar.