PROFESSOR-O’QITUVCHILAR BILAN SUHBAT OLIB BORILDI

Andijon davlat chet tillari instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayns-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Sh.Mamajonov, Jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi R.Xametovlar tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni va «Aksilkorrupsiya oyligi» munosabati bilan Roman-german va slavyan tillari fakulteti “Nemis tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasidagi professor-oʻqituvchilari bilan “Korrupsiyadan xoli ta’lim. Ijro intizomi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda professor-oʻqituvchilar bilan “Odob-axloq kodeksi” talablari, korrupsiyaga murosasizlik masalasini kuchaytirish, ichki tartib intizom, kiyinish odobi, dars jarayonlarini sifatli oʻtkazish yuzasidan suhbat olib borildi.

Leave a Reply

Skip to content