ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTINING 4 NAFAR TALABALARI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI SOHIBI BO’LDILAR

Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendilari sohiblari e’lon qilindi. Biz uchun quvonarlisi shundaki, institutimizning 4 nafar talaba-yoshlari ham ushbu ro’yxatdan o’rin oldilar.

Bizning bugungi kun qahramonlarimiz bilan tanishing:

2023-2024-o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga sazovor bo’lgan Andijon davlat chet tillari instituti talabasi:

Nurmatova Zahro Nosirjon qizi — Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi;

Ilmiy rahbari: f.f.f.d (Phd) Gavharoy Isroiljon qizi

2023-2024-o’quv yilida Islom Karimov davlat stipendiyasiga sazovor bo’lgan Andijon davlat chet tillari instituti talabasi:

G’ulomova Bibi Muxlisa Maxmudjon qizi — Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi;

Ilmiy rahbari: f.f.f.d. (Phd) Axunov Muqumjon Muhammadaminovich

2023-2024-o’quv yilida Navoiy davlat stipendiyasiga sazovor bo’lgan Andijon davlat chet tillari instituti talabasi:

Komilova Xabibaxon Zafarbek qizi — Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi;

Ilmiy rahbari: f.f.f.d. (Phd)Gavharoy Isroiljon qizi

2023-2024-o’quv yilida Navoiy davlat stipendiyasiga sazovor bo’lgan Andijon davlat chet tillari instituti talabasi:

Tolipova Zebuniso Ulug’bek qizi — Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi;

Ilmiy rahbari: f.f.f.d. (Phd) Gavharoy Isroiljon qizi

Mazkur muvaffaqiyat bilan Andijon davlat chet tillari instituti ma’muriyati talabalar va ularning ilmiy rahbarlarini muborakbod etgan holda kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi!

Leave a Reply

Skip to content