
Yurtimizda yildan-yilga rivojlanish yo’lida turli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Tadbirkorlik deysizmi, ilm olish yoki ish bilan ta’minlanishmi -= barchasida avvalgi yillarga nisbatan oldinga siljishni, o’sishni kuzatishimiz aniq. Ushbu o’zgarishlarning asosi, poydevori esa Konstitutsiya, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Zero, konstitutsiya asoida ishlab chiqarilayotgan qonunlar orqali so’nggi yillarda tadbirkorlikning rivojlanishiga qator sharoitlar yaratildi, ijtimoiy ob’yektlar: bog’cha, maktab, Oliy ta’lim muassasalari, shifoxonalardagi xizmat sifati yaxshilandi, insonlarning yashash, turmush tarzi ijobiy tomonga siljidi.
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida tyutor Sh.Ne’matjonov boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 31 yilligi munosabati bilan «Islohotlar poydevori bo’lgan Konstitutsiyam» mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida institut yuristkonsultanti A.Tadjiboyev tomonidan Konstitutsiya mazun-mohiyati haqida fikrlr bildirib o’tdi.