Barchangizni Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan muborakbod etaman.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat va jamiyat hayoti asoslarini belgilab, fuqarolarning huquq va erkinliklarini oʻzida mujassam etgan xalq davlat hokimiyatining yagona manbai ekani qayd etilgan bosh qomusimizsiz hayotimizni tasavvur etib boʻlmaydi.
Mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlar asosida ishlab chiqilgan yangi konstitutsiya bugungi kun talablaridan kelib chiqib, butkul yangilandi, uning markaziga inson, uning huquqlari qoʻyildi.
Muhtaram Prezidentimizning kecha bayram tabrigida aytganlaridek, konstitutsiyamizning toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashini taʼminlash orqali uning hayotimizdagi ahamiyati yanada oshadi.
Yangilangan konstitutsiyamizda aynan biz faoliyat olib borayotgan soha insonlarning taʼlim olish huquqi haqidagi normalar yanada aniqlashtirilib, oʻqituvchilarning maqomi alohida belgilanishi biz uchun juda muhim yangilik boʻldi.
Qisqa qilib aytganda, bosh qomusimiz dunyoga kelib to umrimiz tugagunga qadar bizning farovon hayotimiz himoyachisi, huquqlarimiz kafolati sifatida hamroh boʻladi.
Barchangizga ushbu bayram yana bir bor muborak boʻlsin!
Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich
Andijon davlat chet tillari instituti rektori