INSTITUT JAMOASI VILOYAT TADBIRIDA ISHTIROK ETDI

Joylarda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tadbirlar, uchrashuv hamda davra suhbatlari tashkil qilinmoqda.

Jumladan, bugun – 07.12.2023-yil kuni Andijon qishloq xo’jaligi instituti tadbirlar zalida Andijon viloyati tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligidagi institut prorektorlari, professor-o’qituvchilari va faol talaba-yoshlaridan iborat jamoa ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov ochib berdi va barchani yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi. Shundan so’ng san’atkorlar ishtirokida badiiy chiqishlar ishtirokchilar uchun namoyish etildi.

Leave a Reply

Skip to content