REKTOR BOSHCHILIGIDAGI BIR GURUH XODIMLAR SAMARQAND SHAHRIDA

Bugun institutimizning bir guruh xodimlari bilan birgalikda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldik.

Tashkilotning asosiy organi sessiyasi 20-oktyabrga qadar davom etib, tadbir doirasida turli yig‘inlar, forumlar va uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bugun ushbu sessiyaning ochilish marosimida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kirish nutqini so‘zlab, tadbirni ochib berdi.

Biz ham ushbu sessiya doirasida turli tadbirlar, xususan, turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi sifatida “Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism” ta’lim forumida ishtirok etishni rejalashtirganmiz.

Bugun Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm markazini ko‘zdan kechirib, institutimizning “Gid hamrohligi va turizm” ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalari ta’lim jarayonida tatbiq etish mumkin bo‘lgan jihatlarni o‘rgandik.

Leave a Reply

Skip to content