
Andijon davlat chet tillari institutiga xususiy tashabbuskor “High-Tech House Build” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Andijon davlat chet tillari instituti (0.3 gektar) xududida 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2023-yil 21-noyabrga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
E-mail: info@asifl.uz , Telefon raqami: +998(74) 223-42-76;
E-mail: devonxona@edu.uz , Telefon raqami: 71 203-32-23;
E-mail: Alisher.Normurodov@imv.uz , Tel. raqami: 71 203-50-50 (01936).
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.