ZULFIYAXONIMNING 108 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN ADABIY-BADIIY TADBIRLAR KENG NISHONLANMOQDA

Andijon davlat chet tillari institutida taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilovaning 108 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbirlar keng nishonlanmoqda.

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori Mohigul Baltabayeva tashabbusi bilan, bugun iqtidorli talabalar ishtirokida Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan «Xalq mehrida yorman, el shuhratiga…» deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Unda, fakultet talabalari shoiraning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar haqida gapirdilar. Tadbir davomida, shoira qalamiga mansub bahorni tarannum etuvchi she’rlar ishtirokchilar tomonidan ifodali tarzda o‘qib berildi va ularning mahorat bilan chizgan suratlari yig‘ilganlar e’tiboriga namoyish etildi.

Ma’lumot uchun: Zulfiyaxonim 1915-yil 1-mart kuni Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Uning, o‘n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb nomlangan dastlabki she’riy kitobi chop etilgan. Shoira, uzoq ijodiy umri davomida o‘ttizga yaqin she’riy to‘plamlar, o‘ndan ortiq dostonlar yaratgan.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content