Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili Ombudsmanning Andijon viloyati mintaqaviy vakili G.Abduvohidova “Inson huquqlari haftaligi” doirasida Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi.
Yig‘ilishni, Andijon davlat chet tillari institutining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Botirjon Ahmedov olib bordi. Ma’ruzachi o‘z so‘zida, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, ilm olish, hunar egallash uchun bugungi kunda barcha sharoitlar mavjudligini inobatga olgan holda, unumli foydalanish zarurligini aytib o‘tdi. Bir soniya bo‘lsa ham qimmatli vaqtni behudaga sarf etmaslik, internet tarmoqlaridan maqsadli foydalanish barchamiz uchun foydali ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng G.Abdivohidova uchrashuv kun tartibidagi asosiy masalalarga to‘xtalib o‘tdi va inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganiga 75 yil to‘lishi munosabati bilan xalqaro hamjamiyat inson huquqlari va asosiy erkinliklariga ustuvor e’tibor bera boshlaganini qayd etdi. Mazkur huquqlardan biri – ta’lim olish huquqi bo‘lib, undan barcha inson tenglikda foydalanish mumkinligi aytib o‘tdi.
Uchrashuvda ishtirok etgan talabalar, sohaga doir masalalar yuzasidan savollar berib, unga batafsil javoblar olishdi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati