kunlari AQSHning Vashington shahrida bo’lib qaytdim.
18-21-fevral kunlari konferensiyaning yalpi majlislari va AQSH oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o’tkazildi. Yalpi majlis davomida “Xalqaro ta’lim administratorlari uyushmasi”ning (AIEA) faoliyat yo’nalishlaridan kelib chiqib ma’ruzalar tashkil etildi.
Konferensiya davomida delgatsiyamiz bilan birga ishtirokchilarga O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi, so‘nggi yillardagi islohotlar haqida ma’ruza qildim. Shundan keyin, yuzma-yuz uchrashuvlarda xorijiy hamkorlar bevosita muloqot qilish va hamkorlik aloqalari o’rnatish yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo’ldim. Jumladan, Georgetown University, University of Southern California, University of Wisconsin-Madison, University of California Davis, Ball State University, University of Georgiya, Ras Al-Khaima American university (UAE), Ohio University vakillari bilan o’zaro suhbatlar o’tkazdim.
Suhbatlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatishning barcha istiqbolli va ikki tomon uchun ham manfaatli yo’nalishlarini muhokama qildik. Natijada Ball State University hamda University of Georgiya universitetlari bilan ilmiy hamda akademik yo’nalishda ilk kelishuvlarga erishildi. Hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish maqsadida ularni universitetimizga taklif qildim.
Xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari bilan birgalikda AQSH Davlat Departamentiga ham bordik. U yerda AQSH davlat departamenti Ta’lim va madaniy aloqalar davlat byurosi xodimlari Julia Finlay hamda Daniel M. Paltarinilar bilan uchrashdim. Uchrashuvda Fullbright dasturini Markaziy Osiyo davlatlarida amalga oshirishga mas’ul bo’lgan Julia xonim bilan ushbu dastur asosida institutimizga til egasi bo’lgan ingliz tili o’qituvchilarini hamda institutimizda o’qitiladigan ingliz tili dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish uchun ekspertlarni jalb qilish bo’yicha gaplashdik va dastlabki kelishuvga erishdik.
22-fevral kuni esa, Maryland universitetiga bordik. U yerda xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha direktor o’rinbosari Joseph Schalten va uning guruhi bizni universitet hayoti, bino-inshootlari, moddiy-texnik bazasi va boshqalar bilan tanishtirdi. Ayniqsa, xalqaro talabalarni o’qishga jalb qilish jarayoni, xalqaro talabalarga yaratilgan sharoitlar, umuman universitet xalqaro bo’limining ish tashkil qilish usullarini o’rganish katta tajriba orttirishimga sabab bo’ldi.
Umuman olganda xizmat safari davomida erishilgan kelishuvlarga asosan o’z oldimga yaqin va uzoq muddatlarda amalga oshirishimiz mumkin bo’lgan tadbirlarni belgilab oldim. Xususan, yaqin muddatlarda mehmon maʼruzachi (Guest Lecturer) dasturi asosida AQSHning Ogayo universiteti professori doimiy ravishda oyda kamida bir marotaba institutimiz talabalari uchun maʼruza yoki institut professor oʻqituvchilari uchun onlayn trening, vebinar oʻtib beradi. Shuningdek, institutimiz professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va talabalarga AQSHning Jorjiya universiteti onlayn kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini yaratiladi hamda til egasi boʻlgan professorini AQSHning Toshkentdagi elchixonasi yordamida institutimizga kamida bir yil muddatga xorijiy professor sifatida oʻquv jarayoniga jalb etiladi.
Strategik rejalarimizga ko’ra, AQSHning Boll universiteti bilan hamkorlikda AQSH hukumati va elchixonasi tomonidan taqdim etiladigan grant va loyihalar (Fulbright, Fulbright Scholar Awards, Global-UGRAD, Department of State (DOS) Benjamin A. Gilman International Scholarship Program, Critical Language Scholarship Program, and Study of the U.S. Institutes (SUSI) for Scholars and Students)ni amalga oshiramiz. Bundan tashqari, AQSHning Jorjiya universitetidan qabul xatlari (Acceptence Letter)ni olish orqali magistratura, Phd va boshqa tadqiqotchilarni «El-yurt umidi» fondi orqali maqsadli oʻqitish, malaka oshirish va stajirovkaga yuborishni amalga oshirish ham biz uchun ustuvor maqsadlarga aylanadi.