Yoshlar markazida «Ayol qismati» filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi

        Bugun, 21 fevral kuni Andijon shahridagi “Yoshlar markazida” O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofa vazirligi buyurtmasiga asosan Kinomatografiya agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida «Dilshod media» studiyasi tomonidan suratga olingan «Ayol qismati» badiiy filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

 

           Unda, Andijon davlat chet tillari institutining perofessor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

 

      Filmda “Mehr” operatsiyasi doirasida bajarilgan savobli ishlarni keng jamoatchilikka rang-barang tasvirlar orqali yetkazish bo’lib, Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri «Sojida» timsolida taʼsirli yoritilgan.

       Premyeraning namoyishi oldidan boʼlib oʼtgan tadbirda soʼz olganlar filmning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hususida soʼz yuritdi va film O‘zbek milliy kino sanʼatining yutuqlaridan biri sifatida baholandi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content