Educational and methodological department

 

    O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i

                                                                                 

  TOSHTONOV SOYIBJON ABDUSAMI O‘G‘LI

 

    Tel:  (+998)95-021-04-00

                                                                                                     

    E-mail: soyibjontoshtonov@gmail.com

 

Andijon Davlat Chet tillari instituti 2022-2023 – o’quv yilida O‘quv-uslubiy bo‘lim tashkil etilgan. Hozirgi kunda O‘quv-uslubiy bo‘limda 5 ta shtat birligi asosida 7 nafar  hodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Institutda ta’lim jarayoni yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Davlat ta’lim standartlari asosida shakillantirilgan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan na’munaviy o‘quv rejalar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilgan. O‘quv jarayoni na’munaviy o‘quv reja asosida ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejalarga mos holda tuzilgan dars jadvallari asosida olib boriladi.

O‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida’’gi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining ta’lim jarayoniga tegishli buyruq va farmoyishlarida qayd qilingan ta’lim sifatini oshirish va ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan barcha tadbirlar talab darajasida amalga oshirilmoqda.

O‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan yillik o‘quv rejalar shakllantirilayotgan paytda amaliyotlar davomiyligi va amaliyot turlari, shuningdek, amaliyot o‘tkazish bazalari  aniq belgilab olinadi va o‘tkazilish jarayoni bo‘lim tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib boriladi Institutda o‘quv jarayoni Instituti o‘quv jarayoni grafigida ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkaziladi.

O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, Institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
  • Institutda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
  • Institut fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
  • O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
  • Institut ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va filial Ilmiy Kengashiga tavsiya qilish;
  • Institut fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va filial ta ‘lim jarayoniga tadbiq qilish;
  • Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
  • Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
  • Talabalar davomatini tahlil etish;

Institut professor-o ‘qituvchilari va talabalarining o ‘quv intizomiga rioya qilishini ta‘minlash;

  • Institutdagi fakultetlarda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarni tashkil etish va  tahlil qilish;
  • Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
  • • Institut da shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  • O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
  • • Institut fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
  • Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;

Lavozim yo‘riqnomalari:

O‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i

O‘quv uslubiy bo‘lim dispechеri

O‘quv uslubiy bo‘lim ish yurutuvchisi

O‘quv uslubiy bo‘lim uslubchisi

O‘quv uslubiy bo‘limi o‘quv ishlar bo‘yicha inspektor

 

Bo‘lim boshlig‘i lavozim vazifalari:

  • Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish bo‘yicha qaror qabul qilish;
  • Bo‘lim xodimlarining vakolatlari, vazifalarini belgilash, xodimlarning majburiyatlarini taqsimlash;
  • Oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv jarayoniga tegishli vazirlikning me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashish;
  • Hay’at yig‘ilishiga kiritilgan taalluqli materiallarni tayyorlash va qabul qilingan qarorlar va buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchi, xodimlariga qo‘yiladigan malaka talabalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, takliflar kiritish;
  • Boshqarmaning chorak va yillik hisobotlari loyihasini tayyorlash;
  • Fuqarolarni qabul qilish va ularning xat, ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish.

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, Oliy ta’lim muassasasida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va tarbiya jarayonini belgilangan normativ hujjatlarni bilishi.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim tizimida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Fan nomzodi ilmiy darajasiga, dosent ilmiy unvoniga;
  • Oliy ta’lim tizimida rahbar lavozimlarida kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

 

  1. Inspektor lavozim vazifalari:
  • Bo‘lim barcha hujjatlarni yuritish;
  • Buyruqlarni rasmiylashtirish, yig‘ma jildlarga o‘tkazish;
  • Buyruqdan ko‘chirmalar tayyorlash.
  • Saqlanayotgan hujjatlarni yil yakunida arxivga saqlash uchun topshirish;
  • Kirish va chiqish xatlari, shuningdek turli so‘rovnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Bo‘lim hisobotini tayyorlash;
  • Bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlarini bajarish.

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilish.

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi

Lavozim nomi

KKMS

Xodimlar kategoriyasi

Xodimning ma’lumoti talablari

2500

2

Inspektor

3431

М

Oliy ma’lumot

 

  1. Uslubchi lavozim vazifalari:
  • Fakultet dekanatlari va kafedralar tomonidan o‘quv uslubiy ishlarining, o‘quv, namunaviy rejalarni bajarilishini nazorat qilish;
  • O‘quv uslubiy ishlarining tuzilishini nazorat qilish;
  • Bo‘limda amalga oshirilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etish;
  • Fakultetlarda professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar guruh jurnallari va o‘quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib borish;
  • O‘quv mashg‘ulotlari jadvali asosida o‘ziga biriktirilgan kurs talabalarining davomatini nazorat etish;
  • Kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirish;
  • Bo‘limga kiruvchi va chiquvchi xat-hujjatlarning hisobini yuritish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;
  • Bo‘lim arxivi va kartotekasini yuritish.

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilish.

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi

Lavozim nomi

KKMS

Xodimlar kategoriyasi

Xodimning ma’lumoti talablari

3811

2

Uslubchi

2341

М

Oliy ma’lumot

 

  1. Dispetcher lavozim vazifalari:
  • O‘quv rejalariga asosan dars jadvali tuzish;
  • OTMda o‘tiladigan darslarni nazorat qilish;
  • Davomatni tekshirish;
  • Shahar va viloyat mehnat birjalari bilan aloqa o‘rnatib, sirtdan o‘qiyotgan talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishlarida amaliy yordam ko‘rsatish;
  • Talabalarning fanlardan olgan baholarini xar semestrda semestr vedomostlariga o‘tkazishini tahlil qilib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar guruh jurnallari va o‘quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib borish;
  • Yangi qabul qilingan 1-kurs talabalariga reyting daftarchalari, talabalik biletlari tayyorlab berish va ularni OTMsi strukturasi bilan tanishtirishni tashkil qilish;
  • Yarim yillik va yillik hisobotlar – uchun ma’lumotlar berishini nazorat qilish.

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilishi.

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi

Lavozim nomi

KKMS

Xodimlar kategoriyasi

Xodimning ma’lumoti talablari

1584

2

Dispetchir

4134

Т

Oliy ma’lumot

 

 

 

Skip to content