

Andijon davlat chet tillari institutida professor-o‘qituvchilar, talabalar, rahbar va xodimlar bir maqsad atrofida jam bo‘ldi — O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk tarixiy uchrashuvini katta ekranda birgalikda tomosha qilish uchun!
Muxlislar uchun institut tomonidan maxsus tayyorgarlik ko‘rildi. ADCHTI logotipi tushirilgan muxlislik atributlari, bayroqlar, karnaylar, bosh kiyimlar, shuningdek ichimliklar va popcornlar tarqatilib, haqiqiy futbol bayrami muhiti yaratildi.
ADCHTI jamoasi bugun nafaqat tomoshabin, balki terma jamoamizning ishonchli tayanchi sifatida bir safda turibdi.
🇺🇿Biz birgamiz. Biz tayyormiz. Biz O‘zbekistonmiz!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati