

Andijon davlat chet tillari instituti professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlaridan iborat delegatsiya Chongqing Economy and Trade Secondary Vocational School ta’lim muassasasiga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari ta’lim muassasasida tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda amaliy mashg‘ulotlarda bevosita ishtirok etib, ularning tashkil etilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, dars jarayonlarining samarali yo‘lga qo‘yilgani hamda o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarni amaliyot orqali egallashiga qaratilgan yondashuvlar delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari hamda amaliy laboratoriyalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif doirasida Andijon davlat chet tillari instituti professor-o‘qituvchilari va doktorantlari “A Methodological Framework for the AI-assisted Development of Professional Competence, Linguistic Knowledge, and Translation Skills in Foreign Language Teaching” mavzusidagi xalqaro loyihada ishtirok etmoqdalar. Shu bilan birga, ular 144 soatlik xalqaro malaka oshirish kursida ham qatnashmoqdalar.
Mazkur tashrif kasb-hunar ta’limi tizimidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.