

Mazkur plogging aksiyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Aksiya davomida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar Bobur shahridagi “Ziyolilar bog‘i” hududida tozalash ishlarini amalga oshirib, tabiatni asrash va obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Tadbir jarayonida ishtirokchilarning faolligi va jamoaviy hamjihatligi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Mazkur tashabbus yoshlar ongida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash hamda hududlarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
#ADCHTIdaPayshanbaYoshlarKuni
#AndijonYoshlarDay #YangiAndijon
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati