

Andijon davlat chet tillari institutida yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini olish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida o‘ziga xos aksiyalar davom etmoqda.
Kuni kecha institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan yo‘nalish mutaxassislari hamda sportga qiziquvchi talaba-yigitlar ishtirokida “Biz narkomaniya va giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida ommaviy fleshmob tashkil etildi.
Fleshmob davomida talabalar sport elementlari, jamoaviy harakatlar va shiorlar orqali giyohvandlikning inson salomatligi hamda jamiyat kelajagiga bo‘lgan salbiy ta’siriga qarshi o‘zlarining qat’iy noroziliklarini bildirdilar. Mazkur harakatlar orqali yoshlar tengdoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga, kitobxonlik va sport bilan muntazam shug‘ullanishga chorladilar.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarda «asrlarning qora vabo»siga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va sog‘lom avlod g‘oyasini keng targ‘ib qilishdir. Mutaxassislar tomonidan berilgan hayotiy misollar va tavsiyalar yoshlar uchun chinakam ma’naviy dars bo‘ldi.
Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi har doim sog‘lom va barkamol avlod tarafdori! Bizning kuchimiz — bilim va salomatlikda!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati