

Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov raisligida institut rahbariyati, boʻlim boshliqlari, dekanlar va kafedra mudirlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidan oliygohning bugungi faoliyati va istiqboldagi rejalari bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalar o‘rin oldi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda tanqidiy va tahliliy muhokamalar o‘tkazildi:
Ijro intizomi va nazorat: Avvalgi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi holati ko‘rib chiqildi. Rektor tomonidan har bir mas’ul xodimga topshiriqlar ijrosiga yuzaki yondashmaslik, natijadorlikka e’tibor qaratish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.
Yangi ta’lim yo‘nalishlari: Kelgusi o‘quv yilida mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, yangi va istiqbolli ta’lim yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Bu borada xalqaro tajribani o‘rganish va o‘quv dasturlarini zamonaviylashtirish masalasi ustuvor vazifa etib belgilandi.
Bitiruvchilar bandligi: Bitiruvchi bosqich talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash borasidagi tizimli ishlar tahlil qilindi. Talabalarning amaliyot jarayonlarini bo‘lg‘usi ish beruvchilar bilan uzviy bog‘lash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha dekanatlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Xalqaro sertifikatlar: Talabalarning chet tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish holati tahlil etildi. Bu ko‘rsatkichni yanada oshirish, talabalarga imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida rektor Dilshodbek Rustamov har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning hisobotlarini tinglab, institut nufuzini yuksaltirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan shaxsiy mas’uliyatni oshirish lozimligini qayd etdi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati