ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI TALABALARI XORIJIY TILLAR FAN OLIMPIADASIDA YUQORI NATIJALARGA ERISHDILAR

 Joriy yilning 11–12-noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mamlakatimizdagi 43 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 9 ta xorijiy tilda fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon davlat chet tillari instituti talabalari ham ingliz, nemis, fransuz, xitoy, yapon, koreys va arab tillari yo‘nalishlarida faol ishtirok etdilar.

 Bellashuvlar jarayoni yuqori saviyada, ilmiy raqobat va mahorat sinovlari ruhida kechdi. Institut vakillari o‘zining mustahkam bilim salohiyati, chet tillarni chuqur o‘zlashtirgani hamda erkin fikrlash madaniyati bilan ajralib turdilar.

Natijada institut talabalari quyidagi faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

 Ahmadjonov Fayzullo Abdumutallib o‘g‘li — xitoy tili yo‘nalishida 1-o‘rin sohibi;
 Tohirov Nurmuhammad Hasan o‘g‘li — koreys tili yo‘nalishida 1-o‘rin sohibi
 Raimjonova Mushtariy Abdug‘affor qizi — arab tili yo‘nalishida 2-o‘rin sohibasi;
 Yorqinboyeva Oydinoy Ma’mirbek qizi — nemis tili yo‘nalishida 3-o‘rin sohibasi;

 Srailova Arujan Galim qizi — fransuz tili yo‘nalishida 3-o‘rin sohibasi;
 Sodiqova Vasilaxon Baxtiyor qizi — ingliz tili yo‘nalishida 4-o‘rin sohibasi;
 Hamrayeva Guljahon Umidbek qizi — yapon tili yo‘nalishida 4-o‘rin sohibasi.

 Ushbu yuksak natijalar asosida Andijon davlat chet tillari instituti umumjamoa hisobida respublika bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

 Mazkur yutuq — institutda xorijiy tillarni o‘qitish sifati, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuv, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning fidokorona mehnati samarasidir.

 Institut rahbariyati bunday natijani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar — kelajagimiz bunyodkori” tamoyilining amaliy ifodasi, shuningdek, chet tillarini o‘rganishni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha davlat siyosatining samarali natijasi sifatida e’tirof etdi.

 Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi bundan buyon ham o‘z faoliyatida ilm, tashabbuskorlik va yurt sha’nini ulug‘lash yo‘lidan izchil harakatda bo‘lishni maqsad qilgan.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Text box item sample content

Leave a Reply

Skip to content