
Andijon davlat chet tillari institutining faol va iqtidorli talaba-yoshlaridan iborat “Anis Team” jamoasi a’zolari uchun tashkil etilgan 3 kunlik Workshop dasturi o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur mashg‘ulotlarda talaba-yoshlar shaxsiy rivojlanish, nutq va taqdimot ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy loyihalar yaratish, media savodxonlik, mobilografiya, grafik-dizayn hamda sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Dastur davomida ishtirokchilar:
Jamoada yetakchilik, ijtimoiy faollik va tashabbuskorlik sir-asrorlarini o‘rgandilar;
Sahna va jamoat oldida nutq so‘zlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdi;
Grafik dizayn, kontent yaratish va mobilografiya asoslari bilan tanishdilar;
Ijtimoiy loyiha g‘oyalarini ishlab chiqish va taqdim etish bo‘yicha mashqlarda faol qatnashdilar.
Ushbu tashabbus talaba-yoshlarning nafaqat ijodiy va intellektual salohiyatini oshirish, balki ularni media va innovatsiyalar sohasida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlashga xizmat qildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati