
Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarni qurilish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish maqsadida “Bunyodkor yoshlar” otryadi tashkil etildi. Shu munosabat bilan otryad a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda institut Ishlar boshqarmasi boshlig‘i F.Dumayev so‘z olib, otryad faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshiriladigan ishlar, tartib-intizom va moddiy ragʻbatlantirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.
Tadbir davomida talabalar otryad faoliyatida faol ishtirok etish, institut hududini yanada obod va fayzli qilish borasida o‘z taklif va fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati