



Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yoshlar uchun koreys tili bo‘yicha bepul o‘quv kurslari muntazam davom etmoqda.
Mazkur kurslarda talabalar va o‘quvchi-yoshlar koreys tilining boshlang‘ich va amaliy bilimlarini o‘zlashtirmoqda. Darslar tajribali o‘qituvchilar tomonidan interaktiv va qiziqarli tarzda olib borilmoqda.
Kurslar ishtirokchilarga xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish, kelgusida ta’lim va ish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkonini bermoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
