XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YOʻLIDA

Bugun – 2025-yil 26-iyun kuni Andijon davlat chet tillari instituti hamda Rossiyaning nufuzli oliygohlaridan biri — Ural davlat pedagogika universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda institutdan vakil sifatida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor M.A.Kurbanov boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etdilar va unda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy sohalarni rivojlantirish, akademik mobillikni kengaytirish, shuningdek, institutda faoliyat yuritayotgan Rus tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasining ilmiy izlanishlari bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilarning va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasidagi tashabbuslarni ilgari surdilar. Uchrashuv do‘stona ruhda, ochiq muloqotlar asosida o‘tdi va hamkorlik istiqbollari yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

 

Leave a Reply

Skip to content