TANLOV GʼOLIBLARI TAQDIRLANDI

Andijon davlat chet tillari institutining talaba-yoshlari oʼrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida «Korrupsiya – oliy taʼlimga yashirin tahdid» shiori ostida tashkil etilgan loyihalar tanlovida faol ishtirok etib, gʼoliblikni qoʼlga kiritgan talabalar taqdirlandi.

Tanlovda gʼolib bo’lgan talabalar esa quyidagilar:

Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi Xusnitdinova Dilrabo Donyorbek qizi — I oʼrin;

Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Komiljonov Shoxruxbek Komiljon oʼgʼli — II oʼrin;

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi Raximberdiyeva Muattarxon Akramjon qizi — III oʼrin.

Shuningdek, talabalar oʼrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish targʼibotini amalga oshirganligi hamda tanlovni tashkil etishdagi faolligi uchun Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi Mirzayeva Mumtozbegim Hasanboy qizi «Eng faol targʼibotchi» nominatsiyasiga ega boʼldi.

Gʼoliblarga sertifikat va esdalik sovgʼalarini Rektor maslahatchisi M.Israilov, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens» nazorati boʼlimi boshligʼi Sh.Mamajonov va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi boshligʼi M.Baltabayeva topshirdi va ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.

Leave a Reply

Skip to content