
“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasining “Biznes inkubatsiya va murabbiylik” komponenti doirasida, Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasi hamda Andijon Hududiy Biznes Inkubatori hamkorligida 2 kunlik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Oʼquv mashgʼulotlarida institutimizning iqtidorli talabalari Soliha Muhammadaminova va Mohiraxon Xoshimjonovalar faol ishtirok etib, mentorlik sertifikatini qoʼlga kiritdilar.
Mashg‘ulotlarda yangi tadbirkorlar uchun biznesni tashkil etishda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, kommunikatsiya va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan “Hududiy biznes inkubatorlarda tadbirkorlikni tashkil etish va kommunikatsiyalar” mavzusida amaliy bilimlar berildi.
Yosh iqtidor egalarini yana bir muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz!