
OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi), OIV deb nomlangan virus (odam immunotanqislik virusi) sabab bo’lgan sindrom, xalq orasida ko’proq SPID kasalligi nomi bilan tanilgan. Kasallik immunitet tizimini o’zgartirib, odamlarni infektsiyalar va kasalliklarga ko’proq moyil qilib qo’yadi. Bu sezuvchanlik sindrom rivojlanishi bilan yomonlashadi.
Bugun – 23.04.2025-yil sanasida Andijon davlat chet tillari institutida Andijon viloyati OITS markazi mutaxassisi I.O’ktamov, institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi M.Soliyeva hamda Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori D.Nabiyevlar ishtirokida talaba-yoshlar uchun yig’ilish tashkil etildi. Yig’ilishda OITSga qarshi kurashish borasida foydali maslahatlar berib o’tildi.
Ushbu tadbirda ma’sullar tomonidan talabalarga kerakli ma’lumotlar va ogohlantirishlar berib o’tildi. Tadbir davomida qatnashuvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.