
Butun yurtimiz bo‘ylab o’tkazilayotgan “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi an’anaviy V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” Andijon davlat chet tillari instituti Axborot resurs markazida ham davom etmoqda.
«Kitob – insoniyatning qalb gavhari, tafakkur xazinasi” nomli mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirga Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar tashrif buyurdilar.
Tadbir ochilishida rektor maslahatchisi M.Isroilov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi M.Soliyevalar ham ishtirok etib, “Kitobxonlik haftaligi”ga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirnini ochib berdilar va bunday tadbirlarda barchamiz faol bo‘lishimizni aytib o‘tdilar.
Tadbirda Axborot resurs markazi Axborot-kutubxona resurslarni butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi mudiri N.Rustamova Axborot resurs markazi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib, Axborot resurs markaziga doimiy tashriflar amalga oshirishlarini ta’kidlab o’tdi. Ushbu taklif kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalarga manzur bo‘ldi.
Tadbir davomida Axborot resurs markazi jamoasi tomonidan eng sara adabiyotlarga bibliografik ma’lumotlar berildi.
Mazkur jarayonda, kitobga oid she’rlar, yangi keltirilgan adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga cofe-break tashkillashtirildi. Tadbirda so‘z olgan Ingliz tili amaliyoti kafedrasi mudiri M.Xoshimov tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilganligini aytib o‘tdi.