OCHIQ DARS MASHG’ULOTI O’TKAZILDI

Andijon davlat chet tillari institutida professor-o’qituvchilar tomonidan dars mashg’ulotlari ochiq, sifatli tarzda olib borilishi, talaba-yoshlarga yangi metodlar asosida ta’lim berilishiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Bugun – 09.04.2025-yil sanasida Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o’qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) I.Anarboyeva tomonidan ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.

Ushbu ochiq dars mashg’uloti “Les adjectifs en francais” mavzusida bo’lib o’tdi. Dars davomida ko’plab interaktiv metodlardan foydalanilib, talabalarni mavzuni to’la o’zlashtirishlariga erishildi.

Leave a Reply

Skip to content